Ravshan Ermatov yangi lavozimga tayinlandi
Bu haqda O’FA xabar bermoqda.

Ravshan Ermatov OFK Hakamlar Qo‘mitasi raisi oʻrinbosari lavozimiga tasdiqlandi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Osiyo futbol konfederatsiyasi Qoʻmitlariga vakolat muddati 2023-2027-yillarni tashkil etuvchi tayinlovlar amalga oshirilgan.
Xususan, tashkilotning Hakamlar Qo‘mitasi raisi oʻrinbosari lavozimiga OFK Ijroiya Qoʻmitasi vakili, OʻFA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov nomzodi tasdiqlangan.
Eslatib o‘tamiz, fevral oyida Bahrayn poytaxti Manamada o‘tgan OFK Kongressida Ravshan Ermatov Markaziy Osiyo mintaqasidan Ijroiya Qo‘mitasi vakili sifatida saylangandi.








