O'zbekiston

Samarqandda o‘qituvchi 6-sinf o‘quvchisiga tegajog‘lik qilgani aytildi

Shundan so‘ng qizning otasi va o‘qituvchi o‘rtasida janjal yuz bergan.

Samarqandda o‘qituvchi 6-sinf o‘quvchisiga tegajog‘lik qilgani aytildi

 

Ijtimoiy tarmoqda Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on tumanida maktab o‘qituvchisi o‘quvchiga tegajoqlik qilgani va qiz uksus ichib, kasalxonada yotgani haqida xabarlar tarqaldi. Holatga tuman IIB rasmiy izoh berdi.

 

Maʼlum bo‘lishicha, joriy yil 10-fevral kuni Kattaqo‘rg‘on tumanidagi maktabda sinf rahbari sifatida ishlab kelayotgan o‘qituvchi voyaga yetmagan 6-sinf o‘quvchisi 4 kun dars qoldirgani sababli undan otasini chaqirishini so‘ragan. 

 

Birozdan so‘ng maktabga o‘quvchining onasi kelgan. U bilan maktab maʼmuriyati gaplashib, qizining muntazam ravishda dars qoldiryotganini tushuntirib, tushuntirish xati yozib berishini so‘ragan. Ayol “hech narsa yozib bermayman” deb maktabdan chiqib ketgan va turmush o‘rtog‘iga qiziga o‘qituvchisi tegajog‘lik qilganini aytgan. Shundan keyin qizning otasi maktabga kelib, sinfxonada guruh rahbariga baqirib uni qo‘pol so‘zlar bilan haqorat qilgan va yoqasidan tortib janjal ko‘targan.  

 

Qizning onasi hamda o‘quvchi qizning tushuntirish xatida o‘qituvchining tegajog‘lik qilgani to‘g‘risidagi vajlari o‘z tasdig‘ini topmagan.  

 

Qizning otasining xatti-harakatida Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (mayda bezorilik), onasinikida esa 40-moddasida (tuhmat) nazarda tutilgan huquqbuzarlik alomatlari borligi sababli to‘plangan hujjatlar qonuniy qaror qabul qilish uchun JIB Kattaqo‘rg‘on tuman sudiga yuborilgan. Sud organi tomonidan o‘quvchining ota-onasiga nisbatan jarima jazosi qo‘llangan.

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Samarqandda o‘qituvchi 6-sinf o‘quvchisiga tegajog‘lik qilgani aytildi | Zamon.uz