Toshkentda xalqaro marafon bo’lib o’tdi
Unda 34 ta davlatdan sportchilar qatnashgan.

Bugun, 12-mart kuni poytaxtdagi Humo Arena sport majmuasining maydonida V International Tashkent Marathon bo’lib o’tdi. Bu haqda Yoshlar siyosati va sport vazirligi xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, musobaqada ishtirok etish uchun Toshkentga 34 ta davlatdan sportchilar tashrif buyurgan. Professional sportchilar va yugurish sportining havaskorlari 3, 10, 21 va 42 km masofalarda yugurishgan.
International Tashkent Marathon World Athletics tadbirlar kalendariga kirib, Markaziy Osiyodagi eng ahamiyatli xalqaro sport musobaqalaridan biri bo‘lib hisoblanadi. Ushbu yili marafon doirasida professional sportchilar uchun 2024-yil Parijda bo‘lib o‘tadigan Olimpiya o‘yinlariga litsenziyalar ham o‘ynaldi.
Shohruh Davlatovga yarim marafon masofasida O‘zbekiston Milliy rekordini o‘rnatdi. 1:03:38 vaqtini namoyish qilgan holda u 2012-yil aprel oyida Dushanbe shahridagi yarim marafonda o‘rnatilgan, Andrey Petrovga tegishli bo‘lgan avvalgi rekordga nisbatan 49 soniyaga tezroq yugurib o‘tdi. Shohruhning natijasi, shuningdek, V International Tashkent Marathon musobaqasining yangi rekordi hisoblanadi, avvalgisi qozog‘istonlik sportchi Nursultan Keneshbekovga tegishli bo‘lib, 1:04:31 natijani tashkil qiladi.
Beshinchi yubiley marafonda fuqaroligidan qat’i nazar, barcha istaganlar ishtirok etishga muvaffaq bo‘ldi. Alohida e’tibor International Tashkent Marathon musobaqasida imkoniyatlari cheklangan yuguruvchilarning xavfsiz ishtirok etishini ta’minlashga qaratildi. Shuningdek, “Temir daftar”ga kiritilgan qizlar va ayollar uchun marafonda ishtirok etish uchun bepul kvotalar taqdim etildi.
V International Tashkent Marathon va Toshkentda Yangi Nafas ommaviy yugurish musobaqasining g‘oliblari:
42 km masofaga ayollar orasida:
-
Gulshanoy Sattorova (Qirg‘iziston) – 2:46:30
-
Yekaterina Vasilchenko (Ukraina) – 2:59:28
-
Yekaterina Tunguskova (O‘zbekiston) – 3:00:29
Erkaklar orasida:
-
Baxtiyor O‘tkirov (O‘zbekiston) – 2:20:13
-
Ilya Tyapkin (Qirg‘iziston) – 2:25:68
-
Islam Amangos (Qozog‘iston) – 2:29:58
21 km masofaga (yarim marafon) ayollar orasida:
-
Аynuska Halil qizi (Qirg‘iziston) – 1:15:47
-
Аziza Mirzakbarova (O‘zbekiston) – 1:21:32
-
Мohinabonu Kamilova (O‘zbekiston) – 1:24:17
Erkaklar orasida:
-
Shohruh Davlatov (O‘zbekiston) – 1:03:38
-
Nodir Mutalipov (O‘zbekiston) – 1:06:50
-
Мixail Kulkov (Rossiya Federatsiyasi) – 1:07:57
10 km masofaga ayollar orasida:
-
Sitora Hamidova (O‘zbekiston) – 39:34:29
-
Shohsanam Hurramova (O‘zbekiston) – 40:46:54
-
Коmola Ablayeva (O‘zbekiston) – 42:23:07
Erkaklar orasida:
-
Bekzod Baymatov (O‘zbekiston) – 34:14:00
-
Аlisher Ahmatillayev (O‘zbekiston) – 34:30:00
-
Hasan Mirsaatov (O‘zbekiston) –
10 km masofaga ayollar orasida:
-
Аnastasiya Silchinkova (O‘zbekiston) - 0:10:27
-
Guzal Mahamatovaliyeva (O‘zbekiston) - 0:10:39
-
Оyzira Jo‘raqulova (O‘zbekiston) - 0:10:43
3 km masofaga erkaklar orasida:
-
Diyorbek Ahmedov (O‘zbekiston) – 0:09:16
-
Eldor Batyrov (O‘zbekiston) - 0:09:17
-
Jahongir Rahmatullayev (O‘zbekiston) - 0:09:33








