Xitoyda qurt yomg‘iri yog‘di
Hukumat aholidan soyabon bilan ko‘chaga chiqishni so‘radi.

Xitoyning Shimoliy Koreya bilan chegaradagi Lyaonin provinsiyasida yuz bergan g‘ayrioddiy hodisa ijtimoiy tarmoqda tarqamoqda. Tarqalgan videoda yo‘llar va avtomobillar yomg‘irdan so‘ng qurtlar bilan qoplanganini ko‘rish mumkin.
Mahalliy Wion nashri xabar qilishicha, bu haqiqatdan ham “qurt yomg‘iridan” keyingi tasvir. Hukumat aholidan soyabon bilan ko‘chaga chiqishni so‘ragan.
Meteorologlar hasharotlar bo‘ron vaqtida kuchli shamol orqali bu yerga kelib qolganini aytmoqda.
Ammo ijtimoiy tarmoqning barcha foydalanuvchilari ham mashinalar ustidagi qurt ekaniga ishonmayapti. Ayrimlar bu terak guli ekanini yozgan bo‘lsa, boshqalar bu montaj ekanini aytmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 2011 yilda Shotlandiyada ham qurtlar yomg‘iri kuzatilgan.








