Samarqandda gaz taʼminoti xodimi pora bilan ushlandi
U tadbirkorga “yordam” bermoqchi bo‘lgan.

Samarqand shahrida tadbirkorning oshxonasini gaz tarmog‘iga ulab berishni vaʼda qilgan firibgar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi qurashish departamayenti xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, departament hamda DXXning Samarqand shahar bo‘limlari tomonidan tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda Samarqand shahar gaz taʼminoti bo‘limi texnigi Sh.A. tadbirkor M.ga qarashli oshxonani tabiiy gaz tarmog‘iga ulab, tegishli hujjatlarini rasmiylashtirib berish evaziga 5 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.








