Si Szinpin tinchlikparvar rolini o‘ynamoqda—OAV
Xitoy raisi Zelenskiy bilan muzokara o‘tkazmoqchi.

Xitoy rahbari Si Szinpin kelasi hafta Moskvada Rossiya yetakchisi Vladimir Putin bilan uchrashadi. Shundan so‘ng u Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan muzokara o‘tkazishni rejalashtirmoqda.
Taʼkidlanishicha, Xitoy raisining Ukraina prezidenti bilan ehtimoliy muzokaralari virtual bo‘ladi.
“Uning Rossiyaga tashrifi va Zelenskiy bilan ehtimoliy suhbati Pekinning Ukrainadagi urushni tugatish uchun vositachilik qilishda faolroq rol o‘ynash istagini bildiradi”, — deydi manbalar.
Shuningdek, Si Szinpin Rossiyaga safari doirasida Yevropaning boshqa mamlakatlariga ham borishni ko‘rib chiqayotgani, ammo to‘liq yo‘nalishi hali tasdiqlanmagani xabar qilingan.








