"Abdulla Qodiriy" bog‘ini Ortiqxo‘jayevga aloqador kompaniya rekonstruksiya qiladi
13 mart kuni eʼlon qilingan tender bayonida rekonstruksiya ishlarini 270 kun muddatda tugatish belgilangan.

Kompaniya madaniyat va istirohat bog‘ini qariyb 33 milliard so‘mga rekonstruksiya qiladi.
Abdulla Qodiriy nomidagi madaniyat va istirohat bog‘ini rekonstruksiya qilish uchun tenderni "Discover Invest" MCHJ qo‘lga kiritgan. Kompaniya qariyb 33 milliard so‘mga bog‘ni rekonstruksiya qiladi.
Maʼlum qilinishicha, Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Olmazor Business City yangi tadbirkorlik markazini qurish va ekspluatatsiya qilish direksiyasi 21 fevral kuni Abdulla Qodiriy nomidagi madaniyat va istirohat bog‘ini rekonstruksiya qilish uchun 34 milliard 88 million so‘mlik tender eʼlon qilgan.
Mazkur tenderni qariyb 33 milliard so‘mlik taklif bilan "Discover Invest" MCHJ qo‘lga kiritgan.
Maʼlumot o‘rnida: kecha, 13 mart kuni eʼlon qilingan tender bayonida rekonstruksiya ishlarini 270 kun muddatda tugatish belgilangan.







