Toshkentda qariyalar uyining devori tunda qulab tushdi
Holat bo‘yicha shahar IIBB maʼlumot berdi.

Ijtimoiy tarmoqda Toshkent shahrining Olmazor tumanida devor qulaganligi haqida xabarlar tarqaldi. Shahar IIBB axborot xizmati holat yuzasidan izoh berdi.
Maʼlum qilinishicha, 14 mart kuni soat 00:45 larda Olmazor tumanining Guruch-ariq ko‘chasida joylashgan qariyalar uyining balandligi 3 metr, uzunligi 14 metr bo‘lgan devori qulab tushgan. Bunga poytaxtda yog‘gan kuchli yog‘ingarchilik sabab bo‘lgan.
Hodisa oqibatida hech kim tan jarohati olmagan. Devor oldida turgan, fuqaro S.A.ga tegishli bo‘lgan Nexia-3 rusumli avtomashinaga shikast yetgan.








