Shavkat Mirziyoyev Turkiyaga yetib bordi
Prezident bugun Rejep Tayyip Erdog‘an bilan uchrashuv o‘tkazadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Anqara shahriga yetib bordi.
Esenbog‘a xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni Anqara muzofoti rahbariyati va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.
Tashrif dasturiga muvofiq, bugun davlat rahbari Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an bilan uchrashuv o‘tkazadi.
Ertaga, 16 mart kuni Prezident Turkiy davlatlar tashkilotining favqulodda sammitida ishtirok etadi.








