Rahmatulloh domla “Minor” masjidi imom-xatibligiga qaytdi
Toshkent shahridagi yana uchta masjidga imom-xatiblar tayinlandi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati xabar berishicha, Rahmatulloh domla Sayfuddinov Toshkent shahridagi “Minor” jome masjidi imom-xatibi vazifasiga tayinlandi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning yanvar oyida Rahmatulloh domla Sayfuddinov o‘z arizasiga binoan Toshkent shahar bosh imom-xatibi vazifasidan ozod etilgandi.
Shuningdek, Toshkent shahridagi quyidagi markaziy jome masjidlarga O‘zbekiston musulmonlari idorasi buyrug‘i bilan yangi imom-xatiblar tayinlandi:
Chig‘atoy dahasidagi “Imom Buxoriy” masjidi imom-xatibi Sadriddin domla Abdurashidov Olmazor tumani “Ibrohimboy Orifjonboy” jome masjidi imom-xatibi vazifasiga;
Ko‘kcha dahasidagi “Shayx Zayniddin” jome masjidi imom-xatibi Yahyo domla Abdurahmonov Chig‘atoy dahasidagi “Imom Buxoriy” jome masjidi imom-xatibi vazifasiga;
“Minor” jome masjidi imom-xatibi Abduqahhor domla Yunusov Toshkent shahri bosh imom-xatibi vazifasidan ajralmagan holda Ko‘kcha dahasidagi “Shayx Zayniddin” jome masjidi imom-xatibi vazifasiga tayinlandi.







