Jahon

Ukraina qancha askaridan ayrilgan?

Politico nashri bu to‘g‘risida maʼlumotlarni ochiqladi.

Ukraina qancha askaridan ayrilgan?

 

Ukraina 1 yilda 100 ming askaridan ayrildi. Bu haqda Politico xabar berdi.

 

AQSH Ukrainaga tezkorlik bilan harbiy texnika yetkazib bermoqda va ukrainalik harbiylarni tezroq janglarga tayyorlashda davom etmoqda. Bahor oxirida ularning Rossiyaga qarshi hujumga o‘tishi kutilmoqda.

 

Chorshanba kuni Ukraina bo‘yicha muloqot guruhi yig‘ilishidan keyin Pentagon rahbari Lloyd Ostin Kiyevda “yo‘qotish uchun vaqt qolmagan”ini maʼlum qildi.

 

“Vaʼda qilgan majburiyatlarimizni tez va to‘liq amalga oshirishimiz kerak. Bu o‘z ichiga jang maydoniga zirhli texnikani yetkazib berish va ukrainalik harbiylarni tayyorlash, ehtiyot qismlari va texnik qo‘llab-quvvatlashni oladi”, – degan AQSH mudofaa vaziri.

 

Bahor yaqinlashishi bilan Amerika rasmiylari Ukrainaga o‘q-dori, snaryad, havo hujumiga qarshi mudofaa tizimlari va boshqa texnikani yetkazib berishni ko‘paytirdi. Moskva va Kiyev esa Donbassda AQSH harbiylari strategik ahamiyati past ekanini aytgan Baxmut uchun qonli jangni davom ettirmoqda. Shu bilan birga Pentagon Ukrainaning har qanday vaziyatda xam urushni davom ettira olishi uchun qurol yetkazib beryapti.

 

Rossiya bir necha oydan beri mamlakatni raketalar ostida qoldirmoqda. Bu nafaqat Ukrainaga ko‘proq zarar yetkazish, balki uning havo mudofaasi tizimini ishdan chiqarish uchun amalga oshirilyapti. Ukrainalik harbiylar o‘ta muhim snaryadlarga taqchillik sezmoqda. Bir yildan ortiq urush davomida Kiyev eng tajribali askarlarini yo‘qotdi, qurbonlar soni 100 mingdan oshgan.

 

Qurbonlarning aksariyati Baxmutda berilgan. Bu yerda har ikki tomon ham ko‘plab harbiylaridan ayrilgan. Lloyd Ostin yaqinda o‘tgan matbuot anjumanida shahar ko‘proq ramziy ahamiyatga egaligini aytgandi.

 

AQSH hozirda asosiy eʼtiborni Ukrainani mayda boshlanishi kutilayotgan qarshi hujumga tayyorlamoqda.

 

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

U suvni “zaryadlash”, tomoshabinlarga turli “ustanovka”lar berish va gipnoz seanslari o‘tkazishi bilan tanilgan.

Ukraina qancha askaridan ayrilgan? | Zamon.uz