Yevropada mahsulot tanqisligi mavjud–Putin
Kreml rahbarining aytishicha, yevropaliklar oziq-ovqat uchun Rossiyaga keladi.

Vladimir Putin yevropaliklar oziq-ovqat uchun Rossiyaga borishga majbur bo‘lishini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Yevropada Rossiyaga qarshi sanksiyalar tufayli oziq-ovqat bilan bog‘liq muammolar mavjud.
“Hokimiyat yevropaliklarga salatlarda pomidor o‘rniga sholg‘omni ishlatishni maslahat beradi. Chunki sanksiyalar va qurg‘oqchilik tufayli mintaqada ko‘plab mahsulotlar yetishmayapti. Rus o‘g‘itlarisiz ham ularni yetishtirib bo‘lmaydi”, — deydi prezident.
Maʼlumot uchun: Kreml ikki yil davomida G‘arb sanksiyalaridan ko‘rilgan zararni 250 milliard dollarga baholagan.








