Jahon

Politico: Xitoy Rossiyaga minglab miltiq va bronejilet yetkazib bergan

Maʼlumotlarga ko‘ra, Pekin hozirda Moskvaga qurol sotmayapti. Ammo ikki maqsadli tovarlar eksporti davom etmoqda.

Politico: Xitoy Rossiyaga minglab miltiq va bronejilet yetkazib bergan

 

Xitoy kompaniyalari Rossiyaga eng kamida mingta avtomat, shuningdek, turli amunitsiya va qurilmalar yetkazib bergan. Politico nashri maʼlumotlariga ko‘ra, ushbu qurilmalardan qurol sifatida foydalanish mumkin.

 

Import Genius bojxona maʼlumotlari agregatori tahlillarida ko‘rsatilishicha, bu korxonalarning eng kamida bittasi Xitoy davlati bilan bog‘liq. Gap China North Industries Group Corporation Limited haqida ketmoqda. U 2022 yilda RFning “Texkrim” kompaniyasiga CQ-A  shturm miltiqlarini yetkazib bergan. Hujjatlarda u “ov miltig‘i” sifatida ko‘rsatilgan.

 

Maqolada ushbu miltiqlar Ukrainada ishlatilgani haqida aniq maʼlumotlar yo‘qligi taʼkidlangan. Ammo bu yerda Da-Jiang Innovations Science & Technology Co kompaniyasiga tegishli DJI dronlari topilgan. Bu kompaniyaga qarshi AQSH sanksiyalar joriy etgan.

 

Xitoydan Rossiyaga kirayotgan ikki maqsadli tovarlar

RF qo‘lga kiritishi mumkin bo‘lgan qurilmalar orasida Xitoyda ishlab chiqarilgan dron detallarini ko‘rsatish mumkin. u o‘z ichiga akkumlyator va kameralarni ham oladi. Tovarlar Rossiyaga BAA orqali eksport qilingan. Bundan tashqari, xitoyliklar 12 tonna bronejiletlarni Turkiya orqali yetkazib bergan bo‘lishi mumkin.

 

Mavjud maʼlumotlarga ko‘ra, Pekin Moskvaga katta miqdorda qurol sotmayapti. Ammo jurnalistlarning aniqlashicha, ikki maqsadli tovarlar — harbiy maqsadlarda foydalanish mumkin bo‘lgan fuqarolik texnologiyalarini yetkazib beryapti.

 

Bundan oldin AQSH bir necha bor Xitoyni RFga qurol yetkazib berish oqibatlaridan ogohlantirgandi.

 

custom img

Pokiston Eron urushi fonida Saudiya Arabistoniga minglab askar va qiruvchi samolyotlar yubordi

Yuborilgan texnikalar pokistonlik harbiylar tomonidan boshqariladi, xarajatlarni esa Saudiya Arabistoni qoplaydi.

custom img

Turkiyada restorandagi otishma oqibatida 4 kishi halok bo‘ldi

Gumondorni qo‘lga olish uchun vertolyotlar yordamida qidiruv ishlari boshlangan. U 17 yoshda ekani aytilmoqda.

custom img

Rossiyaga vizasiz kirayotgan migrantlar uchun 1 iyuldan “RuID” majburiy bo‘ladi

Yangi tartib O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Armaniston, Ozarbayjon va Gruziya fuqarolariga ham tatbiq etiladi.

custom img

Eronning vaziyati keskin mintaqadagi strategik legitimligi, strukturaviy chidamliligi va tinchlikka asoslangan diplomatiyasi

Eron milliy jipslik va birlik, harbiy kuchlarining qudrati va mustahkamligi, oliy rahbarning donishmandona choralari, huquqiy legitimlik, iqtisodiy chidamlilik va oxir-oqibat tinchlikka asoslangan faol diplomatiya kabi oltita komponentga tayangan holda, ko‘p qutblilikka intilayotgan tartibda o‘z mavqeini mustahkamlamoqda.

custom img

AQSHda ikkita qiruvchi samolyot havoda to‘qnashib ketdi

To'rt nafar ekipaj a'zosi parashyutlardan foydalanib samolyotni tark etgan.

custom img

JSST Kongo va Ugandadagi Ebola sabab xalqaro favqulodda holat e’lon qildi

Ebolaning Bundibugyo virusi shtammi sabab kasallanish holatlari oshmoqda.

custom img

Eron kelishuvga rozi bo‘lmasa, qattiq zarbaga uchraydi— Tramp

Donald Tramp Tehronni AQSh bilan ehtimoliy kelishuv bo‘yicha tezroq harakat qilishga chaqirdi.

custom img

Fransiyada Saudiya valiahd shahzodasiga qarshi tergov boshlandi

Muhammad bin Salmon Al Saud jurnalist Jamol Qoshiqchining qiynoqqa solinishi va majburan yo'qolib qolishiga aloqadorlikda ayblanmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"