Shimoliy Koreya yana Yaponiya tomonga ballistik raketa uchirdi
Bu Shimoliy Koreyaning so‘nggi bir hafta ichida to‘rtinchi raketa uchirishidir.

Shimoliy Koreya hukumati qitʼalararo ballistik raketaning yangi sinovini o‘tkazdi. Bu haqda BBC agentligi xabar berdi.
Bu Janubiy Koreya va Yaponiya rahbarlarining tarixiy uchrashuvidan bir necha soat oldin sodir bo‘ldi.
Tokio va Seul payshanba kuni ertalab Shimoliy Koreya raketa uchirganini tasdiqladi.
Maʼlum qilinishicha, raketa ming kilometrga yaqin uchib o‘tgan va Yaponiyadan g‘arbga, mamlakatning dengiz iqtisodiy zonasidan tashqariga kelib tushgan.
Janubiy Koreya harbiylari raketa Pxenyandan mahalliy vaqt bilan ertalab soat 07:10 da uchirilganini aytdi.
Yaponiya armiyasi maʼlumotlariga ko‘ra, qitʼalararo ballistik raketa 6000 kilometr balandlikda taxminan 70 daqiqa uchgan.
Yaponiya rasmiylari uchirilish natijasida hech qanday qurbonlar haqida xabar bermadi.
Bu Shimoliy Koreyaning so‘nggi bir hafta ichida to‘rtinchi raketa uchirishidir. Biroq, avvalgi uchtasi qisqa masofali raketalar edi.







