BMT Bosh kotibi Putin bilan muloqotni davom ettirishga tayyor
Xalqaro jinoyat sudi kecha RF prezidentini qamoqqa olishga order bergandi.

BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish Gaagadagi Xalqaro jinoiy sud Rossiya prezidentini hibsga olishga order berganiga qaramay, Putin bilan gaplashishga tayyor. Bu haqda BMT bosh kotibi idorasi vakili Stefan Dyujarrik maʼlum qildi.
BMT spikerining so‘zlariga ko‘ra, bunday masalalar kontekstida XJS BMT Kotibiyati bilan huquqiy jihatdan bog‘liq emas. Shunga ko‘ra, Putin BMT uchun "persona non grata" bo‘lmagan.
Shu bilan birga, Dyujarrik uning harakat erkinligidagi cheklovlar Rossiya prezidenti bilan ehtimoliy muzokaralarga xalaqit beradimi, degan savolga javob berishdan bosh tortdi. Xalqaro jinoiy sudda amaliyotga qabul qilingan advokat Sergey Golubokning tushuntirishicha, agar Putin Rim statutini ratifikatsiya qilgan, shuningdek, XJS yurisdiksiyasini tan olgan davlatlardan biriga tashrif buyursa, mahalliy hokimiyat organlari hibsga olishlari kerak.
Gap 123 ta davlat, jumladan Yevropa va Janubiy Amerikaning barcha mamlakatlari, shuningdek, Tojikiston, Janubiy Afrika, Afg‘oniston, Markaziy Afrika Respublikasi va Nigeriya haqida bormoqda.







