O'zbekiston

O‘zbekiston va Fransiya Ombudsmanlari institutlari hamkorligi mustahkamlanmoqda

Mamlakatimizda olib borilayotgan Konstitutsiyaviy islohotlar natijasida Ombudsmanga qonunchilik tashabbusi huquqi berilayotgani alohida qayd etildi.

O‘zbekiston va Fransiya Ombudsmanlari institutlari hamkorligi mustahkamlanmoqda

 

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) F.Eshmatova va Fransiya huquq himoyachisi o‘rinbosari, mediatsiya bo‘yicha bosh delegat D.Agasinski o‘rtasida videomuloqot shaklida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

 

O‘zbekistonning Fransiyadagi elchixonasi ko‘magida tashkil etilgan uchrashuvda Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) va Fransiya huquq himoyachisi o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash masalalari atroflicha muhokama qilindi.

 

Uchrashuvda dastlab, O‘zbekistonning Fransiyadagi elchisi Sardor Rustamboyev so‘z olib, inson huquq va manfaatlarini ishonchli himoya qilish borasida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarga to‘xtaldi. Xususan, Davlat rahbarining 2022 yil 21-22 noyabr kunlari Fransiyaga qilgan rasmiy tashrifidan so‘ng, O‘zbekiston va Fransiya davlatlari o‘rtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy, ilmiy-gumanitar sohalarda keng hamkorlik aloqalari yangi bosqichga ko‘tarilganini qayd etdi.

 

Shuningdek, Elchi janoblari  har bir mamlakatda adolat va qonun ustuvorligini taʼminlashda Ombudsman institutlarining roli muhim ekanligiga eʼtibor qaratdi.

 

O‘zaro muloqot davomida Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) faoliyatining asosiy yo‘nalishlari, so‘nggi yillarda Ombudsman instituti faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan islohotlar, yangiliklar va ularning samarasi, xususan, 2022 yildan ish boshlagan Ombudsmanning hududlardagi mintaqaviy vakillari faoliyati hamda qiynoq holatlarini aniqlash va ularni bartaraf etishda Ombudsmanning o‘rni va boshqa masalalar bo‘yicha so‘z bordi.

 

Shuningdek, mamlakatimizda olib borilayotgan Konstitutsiyaviy islohotlar natijasida Ombudsmanga qonunchilik tashabbusi huquqi berilayotganligi haqida ham alohida to‘xtalindi.

 

Fransiya huquq himoyachisi o‘rinbosari, mediatsiya bo‘yicha bosh delegat D.Agasinski mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlarni yuqori baholadi va uchrashuv jarayonida Fransiyada Mediatsiya instituti faoliyati yuzasidan maʼlumotlar berdi hamda bu borada O‘zbekiston Ombudsmani bilan faol hamkorlikka tayyor ekanligini bildirdi.

custom img

Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Daniya tashqi ishlar vazirini qabul qildi

Uchrashuvda ikki davlat hamkorligini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

O‘zbekistonda ish haqi oshdi: o‘rtacha maosh 7,1 mln so‘mga yetdi

Eng yuqori real ish haqi o‘sishi Jizzax viloyatida, eng yuqori o‘rtacha maosh esa moliya va sug‘urta sohasida qayd etildi.

custom img

O‘zbekiston kontenti uchun xalqaro maydon: Tashkent Content Market Bokuda taqdim etildi

Platforma O‘zbekiston kontentini xalqaro bozorlarga olib chiqish, distribyutsiya va koproduksiya imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.

custom img

“Odamlar ko‘chada yotibdi”: Maktab ta’limi vazirligi videoga izoh berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda vazirlik qabulxonasiga murojaat qilgan fuqarolar “ko‘chada yotibdi” degan mazmundagi xabarlar tarqaldi.

custom img

Ish joyida shahvoniy shilqimlikka yo‘l qo‘yilmaydi: Senat qonunni ma’qulladi

Mehnat kodeksiga shahvoniy shilqimlikni taqiqlash, ish beruvchining xodimlar uchun xavfsiz muhit yaratish majburiyatini belgilashga qaratilgan o‘zgartirishlar kiritiladi.

custom img

Qizlarni ish bilan aldab, Turkiyaga olib kelgan: xalqaro qidiruvdagi ayol ushlandi

Odam savdosida gumonlanib qidiruvda bo‘lgan ayol Turkiyada qo‘lga olindi.

custom img

Hamma kutgan qonun: Senat umrbod qamoq jazosini ma’qulladi

Hujjatga ko‘ra, 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarga nisbatan ayrim jinsiy jinoyatlar uchun umrbod qamoq jazosi qo‘llanadi.

custom img

Yomg‘ir, qor va kuchli shamol: O‘zbekistonga sovuq havo kirib keladi

“O‘zgidromet” ob-havo keskin o‘zgarishidan ogohlantirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"