Toshkentda Nexia-3 va yuk mashinasi YTHga uchradi
Holat bo‘yicha YHXB maʼlumot berdi.

Toshkent shahrining Shayxontohur tumanida 18 mart kuni ikkita avtomashina ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda shahar IIBB YHXB maʼlumot berdi.
Qayd etilishicha, to‘qnashuv soat 13:45 larda Shayxontohur tumanining Samarqand darvoza ko‘chasida yuz bergan. 1985 yilda tug‘ilgan A.S. Gaz-3300 rusumli yuk mashinasi bilan orqaga harakatlanayotib to‘xtab turgan Nexia-3 rusumli avtomashinaga kelib urilgan.
YTH oqibatida tan jarohat olganlar yo‘q. Haydovchilarning kelishuviga asosan (E-protocol) Yo‘l transport hodisasi to‘g‘risidagi xabarnoma orqali rasmiylashtirilgan.








