Amerikalik erkakning organizmi spirt ishlab chiqarmoqda
Bu kamdan-kam uchraydigan kasallik.

AQSHning Nyu Jersi shtatida yashovchi Mark Mongiardoda shifokorlar ichak fermentatsiyasi sindromini aniqladi. Bu kamdan-kam uchraydigan holat bo‘lib, unda organizm spirtli ichimliklarni ishlab chiqaradi.
Erkakning aytishicha, uning alomatlari birinchi marta 2006 yilda paydo bo‘lgan. U o‘qituvchi bo‘lib ishlagan, biroq hamkasblari undan spirtli ichimlik hidi kelganidan shikoyat qila boshlagani uchun ishdan ketishga majbur bo‘lgan. Garchi u hech qachon ish joyida ichmagan bo‘lsa ham.
“Men hech qachon bunday qilmagan bo‘lardim. Men o‘qituvchiman. Bu meni juda bezovta qildi. Ichmaganimni aytganimda bunga ishonishmadi”, — deydi Mongiardo.
Shuningdek, uni politsiya to‘xtatib tekshiruv o‘tkazganda, Mongiardoning qonida alkogol miqdori 0,18 yoki 0,19 ppm ekani maʼlum bo‘lgan.
“Taʼlim sohasida ish topolmadim, oziq-ovqat do‘konida ish topa olmadim”, — deb eslaydi erkak.
Uning onasini o‘g‘lidagi bu holatning sababini aniqlashga kirishdi. Tibbiyot muassasasi Mongiardoning ichaklarini tekshirib, qonda alkogol borligini aniqladi va tashxisni tasdiqladi.
Shifokorlarning fikriga ko‘ra, bu sindromga ichak mikroflorasini yo‘q qiladigan va zamburug‘lar hamda xamirturushlarning reaksiyasini taʼminlaydigan antibiotiklar sabab bo‘ladi. Mazkur kasallikka chalingan odam uglevodlar yoki shakarni isteʼmol qilganda, spirtli ichimliklar ichaklarda fermentlanadi.
Shifokorlar ushbu sindromga chalingan odamlarga dastlabki olti hafta davomida uglevodsiz qatʼiy diyetaga, keyin esa keyingi oylarda kam uglevodli diyetaga rioya qilishni tavsiya qiladi.








