Jahon

AQSH Si Szinpinning Moskvaga tashrifidan nimalar kutmoqda?

Bu bo‘yicha Entoni Blinken maʼlumot berdi.

AQSH Si Szinpinning Moskvaga tashrifidan nimalar kutmoqda?

 

AQSH Xitoy yetakchisi Si Szinpinning Moskvaga tashrifi chog‘ida Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatishga yordam berishini kutmoqda. Bu haqda Qo‘shma Shtatlar Davlat kotibi Entoni Blinken maʼlum qildi.

 

Bugun, 20 mart kuni Xitoy raisi davlat tashrifi bilan Moskvaga borgan.

 

“Biz Xitoydan ushbu tashrifdan foydalanib, Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatish chaqirig‘ini takrorlashini kutamiz”, — dedi Blinken jurnalistlarga.

 

Uning taʼkidlashicha, har qanday tinch yo‘l bilan kelishuv Ukraina suverenitetini tasdiqlashi kerak.

 

Fevral oyida Xitoy Tashqi ishlar vazirligining 12 banddan iborat bayonoti Ukraina inqirozini siyosiy yo‘l bilan hal qilish bo‘yicha pozitsiyasi bilan eʼlon qilingandi. Asosiy fikrlar orasida barcha mamlakatlarning suvereniteti va hududiy yaxlitligini hurmat qilish zarurati, Moskva va Kiyev o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni qayta tiklash, yana-da keskinlashuvning oldini olishga chaqirish bor.

 

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

U suvni “zaryadlash”, tomoshabinlarga turli “ustanovka”lar berish va gipnoz seanslari o‘tkazishi bilan tanilgan.

Kaspiydagi fojia: Toqayev uch nafar yuqori lavozimli harbiy ishdan bo'shatdi

Kaspiydagi fojia: Toqayev uch nafar yuqori lavozimli harbiy ishdan bo'shatdi

Ular orasida Qozog‘iston harbiy-dengiz kuchlari bosh qo‘mondoni ham bor.

AQSH Si Szinpinning Moskvaga tashrifidan nimalar kutmoqda? | Zamon.uz