Ayrim davlatlarning g‘ayrioddiy odatlari
Sayohatlar dunyoqarashimizni ensiklopediyalar va ilmiy maʼruzalardan yaxshiroq kengaytiradi. Chunki yangi davlatda siz-u bizga notanish bo‘lgan yangidan-yangi narsalarga duch kelamiz.

Sayohatlar dunyoqarashimizni ensiklopediyalar va ilmiy maʼruzalardan yaxshiroq kengaytiradi. Chunki yangi davlatda siz-u bizga notanish bo‘lgan yangidan-yangi narsalarga duch kelamiz va ularning tagiga yetmay qo‘ymaymiz. Bu esa quruq maʼlumotlardan yaxshiroq yodda qoladi. Bugun ayrim davlatlarning bir-biridan g‘aroyib anʼanalari bilan tanishamiz.
Koreyada yo‘qolgan narsa egasiga qaytmay qo‘ymaydi (politsiyaga murojaat qilmasangiz ham). Misol uchun, bir kishi Koreyada hamyonini yo‘qotib qo‘ygan. U hamyoni qayerda tushib qolganini ham bilmagani uchun politsiyaga murojaat qilmagan. Ammo oradan 3 oy o‘tib yo‘qotilgan buyumlar bus-butun holatda egasiga qaytarilgan. Hamyonni topib olgan inson uning ichidagi kartalar va shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar orqali uning egasining manzilini aniqlagan va pochta orqali yuborgan.
Norvegiyadagi velosiped turargohlarida o‘rindiq uchun maxsus soyabonlar mavjud. Bu velosiped kursisi qor va yomg‘irda quruq saqlanishi uchun xizmat qiladi.
Myunxen aeroportida maxsus kabinalar ijarasi yo‘lga qo‘yiladi. Bu yerda reyslar orasida dam olish, ishlab olish yoki shunchaki yolg‘iz qolish mumkin.
Janubiy Koreya metrosida homilador ayollar uchun maxsus kursi mavjud. Har bir vagonda 4 tagacha pushti yoki sariq kursini ko‘rish mumkin. Shuningdek, Janubiy Koreya metrosida yosh bolali onalar va keksalar uchun alohida o‘rindiqlar mavjud.
Yaponiyada jamoat joylarida telefonda gaplashish uchun alohida xonalar ajratilgan. Ayrim madaniyatlarda odamlar orasida telefonda gaplashish odobsizli sanaladi. Aftidan, yaponlar bunday fikrning oldini olish uchun telefon suhbatlari uchun alohida xonalarni o‘ylab topgan.
Kanada shaharlaridan birida yog‘ingarchilik tez-tez kuzatilgani tufayli har qadamda soyabonlarni uchratishingiz mumkin. Kutilmaganda yomg‘ir yog‘ib qolsa, ulardan birortasini olib, yo‘lingizda davom etishingiz mumkin. Xuddi shunday soyabon tarqatuvchilar Yaponiya ko‘chalarida ham mavjud.
Niderlandiyada ko‘plab fermerlar sut sotuvchi avtomatlardan foydalanadi. Istalgan odam u yerdan yangi sog‘ilgan sut xarid qilishi mumkin. Bu do‘kondagidan ancha arzonga tushadi.
Istanbul aeroporti hududi shunchalik kattaki, u yerda harakatlanish uchun samokatlar taklif qilinadi. Aeroport nogiron va keksa yo‘lovchilarga qulaylikk yaratish maqsadida ular uchun ham transport vositasini yo‘lga qo‘ygan. Maʼlumot uchun, Istanbul xalqaro aeroporti maydoni 1 300 000 metr kvadratga teng.








