O‘zbekiston yoshlar terma jamoasiga Gentra sovg‘a qilinadi
Taqdirlash marosimi “Bunyodkor” stadionida bo‘ladi.

Bugun, 20 mart kuni Toshkent shahridagi “Bunyodkor” o‘yingohida U20 Osiyo Kubogida chempionlikni qo‘lga kiritgan O‘zbekiston yoshlar terma jamoasiga Prezident sovg‘asi sifatida «Gentra Lacetti» rusumli yangi avtomashinalar topshiriladi
33 ta avtomashina futbolchilar, murabbiylar va jamoa aʼzolariga topshiriladi.
Eslatib o‘tamiz, U20 Osiyo Kubogi final o‘ynida O‘zbekiston bilan Iroq futbolchilari to‘qnash kelib, O‘zbekiston yoshlari 1:0 hisobida g‘alaba qozongandi.








