Putin JARda qamoqqa olinadimi?
Avgust oyida JARda BRIKS sammiti bo‘lib o‘tadi. Unda Rossiya prezidenti ham ishtirok etishi kutilmoqda. Gap shundaki, Janubiy Afrika Respublikasi XJS qarorlarini bajarish majburiyatini olgan.

Putinni qamoqqa olish bo‘yicha order JAR tomonidan inobatga olindi. Bu haqda Respublika prezidenti matbuot kotibi Vinsent Magvenya maʼlum qildi.
Eʼtiborli tomoni, avgustda JARda BRIKS sammiti bo‘lib o‘tadi. Unda Vladimir Putin ham ishtirok etishi kutilmoqda.
“Janubiy Afrika XJS oldidagi majburiyatlarini yaxshi biladi. Sammitga qadar biz barcha manfaatdor tomonlar bilan ishlashda davom etamiz”, – degan matbuot kotibi.
18 mart kuni Gaagada joylashgan xalqaro jinoyat sudi Putinni qamoqqa olish bo‘yicha order berdi. uning qarorlari 123 davlat tomonidan bajarilishi shar tetib belgilangan. Ular orasida JAR ham bor.








