Qarib quyilmagan mediamagnat
92 yoshli Rupert Merdok yana uylanmoqchi.

92 yoshli mediamagnat Rupert Merdok yana uylanmoqchi. U 66 yoshli Enn Lesli bilan oila qurish arafasida. Ayol sobiq kantri-qo‘shiqchi va biznesmen Chester Smitning bevasi hisoblanadi.
Merdokning bayonotiga ko‘ra, ular o‘tgan yili sentyabr oyida tanishishgan va hayotlarining ikkinchi yarmini birga o‘tkazishni intiqlik bilan kutishmoqda.
Maʼlumot uchun: Merdok dunyodagi eng kuchli mediamagnatlardan biri bo‘lib, u “Fox News” egasi va “The Wall Street Journal”, “The Times”, “New York Post”, «HarperCollins» hammuallifi sanaladi. «Forbes» uning boyligini 17 milliard dollarga baholagan.








