Toshkentda beshta mashina YTHga uchradi
Hodisa oqibatida jarohatlanganlar bor.

Kecha, 19-mart kuni Toshkent shahrining Sergeli tumanida beshta avtomashina ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Holat yuzasidan shahar IIBB YHXB ma’lumot berdi.
Holat soat 22:40 da Sergeli tumani “Fayzli Toshkent” ko'chasida yuz bergan. Unda Lacetti, Labo, Malibu, Nexia-3 hamda Captiva rusumli avtomashinalar o‘zaro to‘qnashgan.
YTH oqibatida Lacetti va Labo avtomashinasi haydovchi va yo'lovchilari tan jarohat olib, shifoxonaga yuborilgan va birinchi yordam ko'rsatilgan. Holat yuzasidan IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.








