Abbos Fayzullayevning ota-onasiga “Umra” safariga yo‘llanma sovg‘a qilindi
U U-20 Osiyo Kubogi chempionatining “Eng yaxshi futbolchisi” deb topilgan.

Futbol bo‘yicha U-20 Osiyo Kubogi g‘olibi, chempionatning “Eng yaxshi futbolchisi” deb topilgan sirdaryolik Abbos Fayzullayevning ota-onasiga “Umra” safariga yo‘llanma sovg‘a qilindi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Guliston shahrida o‘tayotgan Navro‘z saylida viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Akmaljon Maxmudaliyev ishtirok etib, bachani bayram bilan tabriklagan va futbolchining ota-onasiga yo‘llanmani topshirgan.








