Bayden Si Szinpin bilan gaplashmoqchi—Oq uy
Vashington telefon muloqotini tashkil etish ustida ishlamoqda.

AQSH Prezidenti maʼmuriyati Jozef Bayden va Xitoy rahbari Si Szinpin o‘rtasida telefon orqali muloqot o‘tkazish imkoniyati ustida ishlamoqda. Bu haqda Oq uyning strategik aloqalar bo‘yicha koordinatori Jon Kirbina maʼlum qildi.
“Bayden Si Szinpin bilan yana gaplashmoqchi va u buni amalga oshiradi. Biz esa buni qulay vaqtda qilamiz”, — dedi u.
Biroq u hozircha bunday suhbat sanasini ayta olmasligini qo‘shimcha qildi.
U, shuningdek, AQSH osmonida josuslik shari topilganidan keyin Davlat kotibi Entoni Blinken Xitoyga tashrifini qoldirganini eslatdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Vashington hali ham bu tashrifni amalga oshirish niyatida.
Oq uy vakilining aytishicha, moliya vaziri Janet Yellen va savdo vaziri Jina Raymondo iqtisodiy masalalarni muhokama qilish uchun Xitoyga tashrif buyurishga harakat qilmoqda.








