O'zbekiston

Parkentda kuchli yog‘ingarchilik sabab 47 kishi adirda qolib ketdi

FVB ularni qutqarish uchun 7 ta maxsus texnika yuborgan.

Parkentda kuchli yog‘ingarchilik sabab 47 kishi adirda qolib ketdi

 

Kecha, 20-mart kuni Toshkent viloyatining Parkent tumanida salkam 50 kishi dam olish uchun adirga chiqib, kuchli yog‘ingarchilik sabab pastga tusholmay qolib ketdi. Holat yuzasidan Favqulodda vaziyatlar vazirligi maʼlumot berdi.

 

Qayd etilishicha, Parkent tumani Qiziltog‘ shaharchasi atrofidagi adirliklarga o‘z avtomobillarida dam olish maqsadida borgan fuqarolar kuchli yomg‘ir yog‘ishi natijasida adirliklarda qolib ketgan va pastga tusholmay qolgan.

 

Qutqaruvchilar 7 ta maxsus texnika bilan aytilgan manzilga yetib borib, qidiruv-qutqaruv ishlarini olib borgan. Shundan so‘ng dam oluvchilarning 13 ta yengil turdagi avtoulovlari hamda 47 nafar fuqaro xavfsiz joyga olib tushilgan.

 

Yuzaga kelgan vaziyat oqibatida halok bo‘lgan va tan jarohat olgan fuqarolar yo‘q.

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Parkentda kuchli yog‘ingarchilik sabab 47 kishi adirda qolib ketdi | Zamon.uz