Toshkentda maktabdagi daraxtni yashin urdi
Oqibatda bino deraza va eshiklari sinib ketgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrining Mirobod tumanidagi maktab hududida daraxtlarni chaqmoq urgani va bino derazalari sinib ketgani aytilgan video tarqaldi. Holat yuzasidan shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi maʼlumot berdi.
Qayd etilishicha, 20 mart kuni kuzatilgan kuchli shamol va yog‘ingarchilik vaqtida Mirobod tumanida joylashgan 83-sonli umumtaʼlim maktabi oldidagi daraxtga yashin urgan. Natijada maktab binosining eshik va oynalariga shikast etgan.
Hodisa oqibatida jabrlangan yoki halok bo‘lgan fuqarolar yo‘q.








