Jahon

Zilziladan aziyat chekkan Turkiya va Suriya uchun 7 mlrd yevro yig‘ildi

Bryusselda ushbu masalaga bag‘ishlangan donorlar konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

Zilziladan aziyat chekkan Turkiya va Suriya uchun 7 mlrd yevro yig‘ildi

 

Bryusselda bo‘lib o‘tgan xalqaro donorlar konferensiyasida Turkiya va Suriyadagi zilzila oqibatlarini bartaraf etish uchun 7 milliard yevro yig‘ildi. Yevrokomissiya Raisi Ursula fon der Lyayyenning so‘zlariga ko‘ra, bu barcha taxminlardan “oshib ketdi”.

 

“Xalqaro hamjamiyat Turkiya va Suriyani qayta tiklashni qatʼiy qo‘llab-quvvatlayotganini ko‘rishdan xursandman”, – degan u Shvetsiya bosh vaziri Ulf Kristersson bilan matbuot anjumanida.

 

Bundan oldin fon der Lyayyen Birgina YeI Turkiya tiklanishi uchun 1 milliard yevro ajratishini eʼlon qilgandi. Qo‘shimcha 108 million yevro esa Suriyaga gumanitar yordam sifatida yo‘naltiriladi.

 

“Millionlab odamlar uysiz qoldi va davom etayotgan qish mavsumida chodirlarda yashamoqda. Tiklanishni tezlashtirish uchun barcha resurslarni safarbar qilishimiz kerak. Uylar, maktab va shifoxonalar seysmik xavfsizlikning eng yuqori talablariga javob beradigan qilib qayta qurilishi kerak. Suv taʼminoti, sanitar va boshqa muhim infratuzilma taʼmirlanishi zarur. Davlat idoralari va korxonalari faoliyati tiklanishi uchun kapitalga muhtoj”, – degan YeK raisi.

 

Bundan oldin Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdog‘an mamlakat zilzila oqibatida 104 milliard dollar zarar ko‘rganini aytgandi. Hozirga qadar Turkiya va Suriyada zilzila qurbonlari soni 50 mingdan oshib ketdi.

 

custom img

Kaʼbani portlatishga urinish bo‘lganmi? Saudiya rasmiylari javob berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Makkada xudkush terrorchi qo‘lga olingani haqida videolar tarqaldi.

custom img

9 nafar tinch aholi halok bo‘ldi: Pokiston Afg‘onistonga havo zarbalari berdi

Pokiston “terrorchilar lagerlari va boshpanalari”ga zarba berilganini ta'kidladi.

custom img

20 baravar qimmatlashdi: Yaponiyada doimiy yashash ruxsatnomasi narxi keskin oshirildi

Yangi mezonlarda daromad, pensiya, moliyaviy aktivlar va yapon tilini bilish darajasi ham hisobga olinadi.

custom img

O‘quvchilar noroziligi: 2000 kishi hibsga olindi

Fransiyada litsey o‘quvchilarining ta’lim sharoitlari yuzasidan boshlangan noroziliklari kuchaydi.

custom img

“Muzokaralarni boshlashga tayyormiz”: Putin Ukraina bo‘yicha bayonot berdi

Rossiya prezidentining qayr etilishicha, kelishuv Rossiya va uning xalqi uchun maqbul shartlarda bo‘lishi kerak.

custom img

Qirg‘iziston kosmosga chiqdi: mamlakatning ilk milliy sun’iy yo‘ldoshi uchirildi

Qirg‘iziston va BAA hamkorligida yaratilgan sun’iy yo‘ldosh ilk bor orbitaga chiqarildi.

custom img

Moskva viloyatidagi kimyo zavodida portlashlar: yetti kishi halok bo‘lgani aytilmoqda

Portlash oqibatida vayron bo‘lgan binoda 44 kishi bo‘lgan.

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"