Jahon

Istanbul mashhur lola mavsumiga tayyor

Sultonahmet maydonida lola yetishtirishning akvakultura usulidan foydalangan holda keng maydonga “lola gilami” to‘qilgan.

Istanbul mashhur lola mavsumiga tayyor

 

Lolalar mavsumi Istanbulga bahor kelganidan darak beradi. Har yili aprel oyida Istanbulning eng mashhur joylari rang-barang bahor lolalari bilan burkanib, butun dunyoda yuksak qiziqish uyg‘otadi. Sultonahmet maydonida lola yetishtirishning akvakultura usulidan foydalangan holda keng maydonga “lola gilami” to‘qilgan. Bu hayratlanarli manzara mahalliy aholini ham, chet ellik mehmonlarni ham hayratga soladi. Xuddi shunday manzaralarni Istanbuldagi Emirgan bog‘i, Gulhane bog‘i, Yulduz bog‘i, So‘g‘anli botanika bog‘i, Beykoz bog‘i, Buyuk Chamlija bog‘i, Kichik Chamlija bog‘i, Fethipasha bog‘i va Hidiv Pavilion bog‘ida uchratish mumkin.

 

Turk sanʼati va madaniyatida lola ramzi alohida o‘rin tutadi

 

Lolalar Onado‘liga O‘rta Osiyoning Pomir tog‘i turklari tomonidan olib kelingan. Lola turk madaniyatining eng muhim timsollaridandir. U piyozsimon o‘simlik bo‘lib, XII asrdan beri hunarmandchilikda bezak naqshlari namunasi sifatida qo‘llanila boshlandi. Bu go‘zal, betakror va rang-barang gullar Usmonlilar davrida sheʼrlar, farmonlar, hikoyalar va miniatyura rasmlarining asosiy mavzusi sifatida urfda bo‘lgan. Lola naqshlari masjidlar, qabr toshlari va saroy bezaklarida, shuningdek, gilam hamda mato naqshlarida, kaftan va sep sandiqlarida, hatto tangalar, jangovar dubulg‘alarda ham keng qo‘llanilgan.

 

Lolalar, asosan, XVI asrda Usmoniylar imperiyasining poytaxti Istanbulda yetishtirilgan va butun shahar bo‘ylab manzarali gullar sifatida ekilgan. Lolalarga bo‘lgan bu ishtiyoq Sulaymon Shoh hukmronligi davrida keng tarqalgan bo‘lib, bu o‘simlikning turli xil va navlarini rivojlanishiga olib keldi. Ayniqsa, shaharning ramzi bo‘lgan Istanbul lolasi o‘sha davrda paydo bo‘ldi. Sulton Ahmad III davrida lola ikki mingga yaqin navi bilan shuhrat qozondi va XVIII asrga Lola davri deya nom berildi.

 

Har bir rang alohida maʼnoga ega

 

Lola navlari ko‘payib borgani sari lolalar va ularning ranglari turli maʼnolarga ega bo‘ldi. Qizil lolalar sevgini, oq lolalar esa poklik va xokisorlikni ifodalagan. Binafsharang gullar "olijanoblik va romantika" ni, sariq rang esa “quvonch” ni bildiradi. Noyob qora lola "pinxon, qo‘l yetmas" degan maʼnoni anglatsa, chiziqli lola esa "betakror go‘zallik"ka ishora qiladi.

 

Turk madaniyatida shunday muhim o‘rin tutgan bu ajoyib gul XV asrning ikkinchi yarmida Avstriyaning Vena shahriga, so‘ngra Niderlandiyaga olib kelingan va shu tariqa Yevropaga tanishtirilgan. Gollandiyada tezda katta shuhrat qozongan lolalar Kanada poytaxti Ottavaga olib kelindi va dunyoga mashhur bo‘ldi.

 

Bugungi kunda Onado‘lida juda ko‘p lola navlari yetishtirilmoqda. Eng hayratlanarlilari orasida "yig‘layotgan kelin" deb ham ataladigan "engashgan lola" bor. Dunyo bo‘ylab ushbu boshi quyiga egilgan lolalarning 167 turi mavjud; Ulardan 20 tasi endemik bo‘lib, 43 turini Turkiyada uchratish mumkin.

 

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

U suvni “zaryadlash”, tomoshabinlarga turli “ustanovka”lar berish va gipnoz seanslari o‘tkazishi bilan tanilgan.

Kaspiydagi fojia: Toqayev uch nafar yuqori lavozimli harbiy ishdan bo'shatdi

Kaspiydagi fojia: Toqayev uch nafar yuqori lavozimli harbiy ishdan bo'shatdi

Ular orasida Qozog‘iston harbiy-dengiz kuchlari bosh qo‘mondoni ham bor.

Istanbul mashhur lola mavsumiga tayyor | Zamon.uz