Jahon

London Kiyevga uranli snaryadlar yetkazib bermoqda: navbat yadro urushigami?

Buyuk Britaniya mudofaa vazirligi bu turdagi snaryadlar standart komponent ekanini aytmoqda. Ammo Rossiya tomoni boshqacha fikrda.

London Kiyevga uranli snaryadlar yetkazib bermoqda: navbat yadro urushigami?

 

Buyuk Britaniya mudofaa vazirligi Rossiyani atayin dezinformatsiya tarqatishda aybladi. Gap Ukrainaga kam boyitilgan uranli snaryadlar yetkazib berishga Moskvaning reaksiyasi haqida ketmoqda.

 

Kecha Birlashgan Qirollik mudofaa vazirligi London Kiyevga kam boyitilgan uranli snaryad yetkazib berilishini eʼlon qildi. Bunga javoban Rossiya prezidenti Vladimir Putin “kollektiv G‘arb yadroviy komponentli qurol qo‘llayotgani” javobsiz qolmasligini bildirdi.

 

Bundan tashqari, RF mudofaa vaziri Sergey Shoygu yadro urushi qarshisida tobora kamroq to‘siqlar qolayotganini aytdi.

 

“Bu standart komponent va uning yadro quroliga hech qanday aloqasi yo‘q. Rossiya buni yaxshi biladi, ammo atayin dezinformatsiya tarqatmoqda”, – deyiladi Britaniya mudofaa vazirligi bayonotida.

 

Qo‘shimcha qilinishicha, ilmiy tadqiqotlar kam boyitilgan uranli snaryadlarning inson salomatligi va atrof-muhitga salbiy taʼsiri kam.

 

 

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

London Kiyevga uranli snaryadlar yetkazib bermoqda: navbat yadro urushigami? | Zamon.uz