O'zbekiston

LOT Polish Airlines Polshadan Toshkentga parvozlarni yo‘lga qo‘ydi

Yangi yo‘nalishda reyslar har 10 kunda bir marta amalga oshiriladi.

LOT Polish Airlines Polshadan Toshkentga parvozlarni yo‘lga qo‘ydi

 

Kecha, 21 mart kuni mahalliy vaqt bilan soat 18:03 da Polshaning “LOT Polish Airlines” aviakompaniyasining samolyoti Toshkent xalqaro aeroportiga qo‘ndi va yangi Varshava — Toshkent — Varshava yo‘lovchi yo‘nalishini ochdi. Bu haqda “Uzbekistan airports” xabar berdi.

 

Anʼanaga ko‘ra, Boeing 787 Dreamliner suv arkasi bilan tantanali ravishda kutib olindi. Ekipaj va yo‘lovchilarni karnay va surnay sadolari ostida “Uzbekistan airports” kompaniyasi rahbariyati, Polshaning O‘zbekistondagi elchisi, Turizm va Transport vazirliklari vakillari, shuningdek, «Flyinʼup» kompaniyasi rahbariyati gullar bilan kutib oldi.

 

Iyun oyining o‘rtalariga qadar har 10 kunda bir marta charter asosida parvozlar amalga oshiriladi. Qishki jadvalga o‘tish munosabati bilan aviakompaniya Varshava — Toshkent — Varshava yo‘nalishi bo‘yicha muntazam qatnovlarga o‘tishga umid qilmoqda.

 

LOT Polish Airlines — shtab-kvartirasi Varshavada joylashgan Polsha aviakompaniyasi. Aviakompaniya dunyodagi eng qadimgi, eng yirik va vakillik aviatsiya alyansi bo‘lgan “Star Alliance” aʼzosi hisoblanadi.

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

LOT Polish Airlines Polshadan Toshkentga parvozlarni yo‘lga qo‘ydi | Zamon.uz