O'zbekiston

Surunkali charchoq sindromi qandli diabet alomatimi?

Mutaxassis bu bo‘yicha maʼlumot berdi.

Surunkali charchoq sindromi qandli diabet alomatimi?

 

Bahor kelib, kunlar isiy boshlashi bilan ko‘pchilikda vitamin yetishmasligi kuzatiladi. Bu esa tanada holsizlik va kuchli charchoq alomatlari bilan namoyon bo‘ladi.

 

Tibbiyot fanlari nomzodi Feruza Tohirovaning maʼlum qilishicha, bunday belgilar erta bahor fasliga xos bo‘lib, aksariyat insonlarni bezovta qiladi.

 

Biroq ushbu holatni faqat “ilik uzildi” mavsumi bilangina bog‘lash to‘g‘ri emas. Sababi umumiy holsizlik bir qator infeksion va noinfeksion kasalliklarning ilk belgisi bo‘lishi mumkin. Yuqumsiz endokrin (qandli diabetning ikkinchi turi) va xavfli o‘sma xastaliklari, revmatizm, revmatoid artrit, kamqonlik, yurak qon-tomir kasalliklari shular jumlasidan.

 

Bemor hayotiga xavf soladigan qandli diabetning ikkinchi turi (qondagi qand miqdorining oshib ketishi) ko‘pincha 40 va undan katta yoshdagi kishilarda uchraydi. Bunga nasliy moyillik yoki noto‘g‘ri ovqatlanish, semizlik, kamharakatlik, asabiy zo‘riqish kabilar sabab bo‘ladi.

 

U yashirin kechadi, lekin bosh miya, ko‘z tubi, yurak, buyrak, hamma yirik va mayda arterial qon-tomirlar shikastlanib boradi. Bu patologik jarayon yurak qon-tomir va buyrak yetishmovchiligiga olib keladi.

 

Surunkali v va S virusli gepatitlar (jigar kasalliklari) esa yuqumli bo‘lib, inyeksiya orqali, qon quyishdan, homilador onadan bolaga yuqishi mumkin. Xastalik yashirin kechgani bilan bemorda kundan-kunga umumiy holsizlik kuchayib boradi.

 

Agar sizni surunkali charchash sindromi bezovta qilsa, darhol shifokorga murojaat qiling. Tibbiy ko‘rik jarayonida mutaxassis holsizlik sabablarini aniqlashda yordam beradi.

 

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

«Centrum Air» yo‘lovchilarining 100 ga yaqin bagaji Istanbulda qoldirib ketildi.

Surunkali charchoq sindromi qandli diabet alomatimi? | Zamon.uz