Edinburgda tadqiqot kemasi qulab tushdi
O‘nlab odamlar jarohat olgan.

Edinburgdagi kemasozlik zavodida sodir bo‘lgan voqeada 35 kishi jarohat oldi, 23 kishi kasalxonaga yotqizilgan.
3000 tonnalik “RV Petrel” tadqiqot kemasi yon tomonga qulab tushgan.
Odamlardan, zarurat bo‘lmasa, Edinburg qirollik kasalxonasi tez yordam bo‘limiga bormaslik so‘ralgan.
Kema 2020 yilda COVID pandemiyasi davridagi "operatsion muammolar" tufayli uzoq muddatli to‘xtash joyiga joylashtirilgan va shundan beri foydalanilmayapti.
Kema o‘z boyligining katta qismini xayriya va notijorat ilmiy tadqiqotlarga bag‘ishlashga vaʼda bergan milliarder tomonidan 2018-yilda maxsus qidiruvlar uchun jihozlangan.








