O'zbekiston

Ko‘p import bo‘layotgan 25 turdagi oziq-ovqat mahsulotlari endi o‘zimizda ishlab chiqariladi

Bu bo‘yicha 1,8 trillion so‘mlik 2 mingta loyiha ishga tushirilishi haqida yig‘ilish yakunida aytib o‘tildi.

Ko‘p import bo‘layotgan 25 turdagi oziq-ovqat mahsulotlari endi o‘zimizda ishlab chiqariladi

 

Dala va kollektor-drenaj atroflaridagi yerlardan unumli foydalanish vazifasi qo‘yildi.

 

Birgina Sirdaryoda qariyb 4 ming gektar bunday yerlar mavjudligi aniqlangan. Boshqa hududlarda ham dala chetlarida va kollektor-drenaj atroflaridagi qo‘shimcha 50 ming gektar maydondan samarali foydalanish mumkinligi ko‘rsatib o‘tildi.

 

Tuman hokimlariga dala va kollektor-drenaj atrofidagi yerlarni fermer xo‘jaliklari o‘z ishchilari va ehtiyojmand aholiga o‘n yilga ikkilamchi ijaraga berishni tashkil qilish topshirildi.

 

Bunda, fermerlarga o‘rdak, tovuq va kurka boqishga “Oilaviy tadbirkorlik” dasturi doirasida 3 yilga 14 foizli kredit beriladi.

 

Dala chetlariga uzum ko‘chatlari va kadi urug‘larini, tut ko‘chatlarini ekish, parranda va asalari uyalarini yetkazib berish bo‘yicha mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berildi.

 

Yig‘ilish yakunida mutasaddilarga:

 

  • aholiga bo‘lib berilgan 200 ming gektar, dala chetlaridagi 50 ming gektar hisobidan 5 million tonna qo‘shimcha mahsulot yetishtirishni taʼminlash;
  • iqtisodiy instrumentlarni ko‘paytirib, hokim yordamchilari tizimi orqali ushbu yerlarda kooperatsiyani rivojlantirish va aholi bandligini taʼminlash;
  • dehqon va fermerlarga qulay bo‘lgan 250 million dollarlik kredit, lizing va sug‘urtaning yangi turlarini yo‘lga qo‘yish;
  • ko‘p import bo‘layotgan 25 turdagi oziq-ovqat mahsulotlarini o‘zimizda ishlab chiqarishni ko‘paytirish bo‘yicha 1,8 trillion so‘mlik 2 mingta loyihani ishga tushirish;
  • bozorlardagi narx-navo o‘zgarishi va mahsulot kamayishini oldindan hisob-kitob qilish, oziq-ovqat inflyatsiyasini 10 foiz chegarada qatʼiy ushlab turish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

 

Yig‘ilish davomida hudud va tarmoqlar rahbarlarining hisoboti eshitildi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Ko‘p import bo‘layotgan 25 turdagi oziq-ovqat mahsulotlari endi o‘zimizda ishlab chiqariladi | Zamon.uz