Medvedev: Putinni qamoqqa olish — Rossiyaga urush eʼlon qilish bilan teng
18 mart kuni Xalqaro jinoiy sud Putinni qamoqqa olishga order bergandi.

Rossiya xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev Xalqaro jinoyat sudining Vladimir Putinni hibsga olish uchun bergan orderiga izoh berdi.
"Bu hech qachon amalga oshmaydigan vaziyat. Tasavvur qiling: u amalga oshdi. Yadroviy davlatning amaldagi rahbari, masalan, Germaniyada hibsga olindi. Bu nima? RFga qarshi urush eʼlon qilish", — degan u Rossiya OAVga bergan intervyusida.
Siyosatchining so‘zlariga ko‘ra, bu kabi qadamlar salbiy potensialga ega.
Bundan tashqari, janob Medvedev RF-G‘arb munosabatlariga to‘xtalib o‘tdi. Uning fikricha, hozirgi "juda yomon aloqalar" butun tarix davomida kuzatilmagan.
18 mart kuni Gaagadagi xalqaro jinoiy sud Putinni qamoqqa olishga order bergandi.







