"Putin bilan gaplashish befoyda" — Kuleba
Ukraina TIV rahbari RF prezidenti bilan muzokaralar istiqboli haqida fikr bildirdi.

"Biz Xalqaro jinoiy sudi Putinni qo‘lga olish orderini berishidan ancha avval Putin bilan gaplashish befoyda ekanini tushunganmiz O‘tgan yilning 30 sentyabrida Ukraina xavfsizlik va mudofaa kengashi Rossiyaning Ukraina hududlarini aneksiya qilishga urinishiga javoban Vladimir Putin bilan har qanday muzokaraga imkon qolmasligi haqida rezolyutsiya qabul qilgan", — dedi Kuleba.
Shuningdek u Kiyev tinch muzokaralar g‘oyasidan voz kechmaganini ham taʼkidladi.
Kulebaning so‘zlariga ko‘ra, Vladimir Zelenskiy prezident etib saylanganidan to Rossiya hujumi boshlangunicha Ukraina Fransiya va Germaniya vositachiligida Ukraina 88 ta muzokara raundi o‘tkazgan.







