Sevgilisini o‘ldirib, uning jasadi bilan 2 oy birga yashagan ayol qo‘lga olindi
Marhum ayoldan 36 yosh kichik bo‘lgan.

AQSHning Jorjiya shtatida 82 yoshli Leroy Kramer ismli fuqarosi sirli tarzda 2 oy davomida hech kim bilan aloqaga chiqmagan. Shundan so‘ng vahimaga tushgan o‘gay qizi uning uyiga bostirib borаdi.
Aniqlanishicha, marhumning 46 yoshli sevgilisi Tabita Vud 2 oy davomida jasad bilan yashab kelgan. Politsiya tekshiruvlari u o‘tmas buyumdan olingan zarb natijasida vafot etgan.
Ayol esa bu vaqt davomida marhumning bank hisobidagi pullardan foydalanib yurgan. Keyinchalik ayol qilgan jinoyatini tan olgan, sud esa unga qotillik va jasadni yashirish aybini qo‘ydi.







