Toshkentda "Islomobod" jome masjidining yangi binosi ochildi
Mazkur uch qavatli masjid 13 ming o‘ringa ega.

Poytaxtimizning Olmazor tumanida «Islomobod» jome masjidining yangi binosi ochildi. Tadbirda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin Xoliqnazrov, imom-xatiblar, ulamolar va keng jamoatchilik ishtirok etdi.
Sag‘bon ko‘chasidagi mazkur uch qavatli jome masjidi homiylar va saxovatpesha insonlar ko‘magida bunyod etildi.
Masjid xonaqohida 8 ming kishi, hovlisi va yon-atrofidagi joylar bilan birga 13 ming namozxonni sig‘dira oladi.







