Toshkentda issiq suv o‘chiriladi
Shahar hokimligi bu bo‘yicha ogohlantirish bilan chiqdi.

Issiqlik tarmoqlarini sinovlardan o‘tkazish uchun Toshkent shahrida 1 kunga issiq suv o‘chiriladi. Bu haqda shahar hokimligi maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, 2023 yil 27 martdan 5 aprelga qadar issiq suv taʼminotida bir kunlik uzilishlar kuzatiladi.
Issiqlik tarmoqlaridagi nuqsonlarni aniqlash va keyingi isitish mavsumi boshlanishidan oldin ularni bartaraf etish uchun issiqlik tarmoqlari mo‘ljallangan harorat bo‘yicha sinovdan o‘tkaziladi.
Sinovlar, 2014 yil 18 dekabrdagi “Issiqlik tarmoqlari va issiqlik punktlaridan texnik foydalanish qoidalari” bilan tartibga solinadi.








