O'zbekiston

Erta bahordan to qishgacha ishga jalb qilingan xodimlar

So‘z tibbiyot vakillariga. Namanganda yangilanayotgan Konstitutsiyaga oid targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.

Erta bahordan to qishgacha ishga jalb qilingan xodimlar

 

Namangan shahridagi «Afsonalar vodiysi»da bo‘lib o‘tgan Navro‘z bayrami tantanalari doirasida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar muhokamasiga bag‘ishlangan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

 

Unda Respublika tez tibbiy yordam markazi hududiy filiali jamoasi va viloyat markazidagi davolash-profilaktika muassasalari vakillari sog‘liqni saqlash sohasini yana-da takomillashtirish borasida Konstitutsiyaga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar yuzasidan tushuntirish berishdi.

 

Xususan, Nasiba Avazbekova, Zarifa Abdullayeva, Manzura Mahmudova, Mohigul Asqarova, Gulbadan Jalilova kabi shifokor, hamshira va mutaxassislar so‘z olib, yangilanayotgan konstitutsiyaning muhim jihatlari haqida batafsil to‘xtaldi.

 

"Bahor kelishi bilan tibbiyot xodimlari ko‘chalarga jamoatchilik ishlariga jalb qilinar edi. Buyog‘i kech kuzdagi paxta terimiga qadar olib borilar edi. Bugunga kelib, bu kabi vazifamizga kirmaydigan ishlarga jalb qilish to‘xtatildi. Yangi qabul qilinayotgan Konstitutsiyada esa majburiy mehnatga jalb qilishni taqiqlashga oid alohida normalar kiritildi. Bu, albatta kelgusida biz kabi tibbiyot xodimlarining o‘z mutaxassisligi doirasida rivojlanishida katta ahamiyat kasb etadi", — deydi tibbiyot xodimi Zarifa Abdullayeva.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

«Centrum Air» yo‘lovchilarining 100 ga yaqin bagaji Istanbulda qoldirib ketildi.

Erta bahordan to qishgacha ishga jalb qilingan xodimlar | Zamon.uz