O‘zbekistonda 5 balli magnit bo‘ronlari kutilmoqda
Bir hafta avval ham magnit bo‘ronlari kuzatilgandi.

Bugun, 24 mart kuni kunduzi O‘zbekistonda G3 darajali 5 balli magnit bo‘ronlari bo‘lishi kutilmoqda.
Magnit bo‘ronining G3 darajadagi yuqori faolligi tush paytida kutilayotgani uchun, bu omilning organizmga salbiy taʼsirini kamaytirish maqsadida, ovqatlanish ratsionlariga baliq va ko‘kat mahsulotlarini kiritish, isteʼmol qilish tavsiya etiladi.
Magnit bo‘ronlari G3 darajali davrda ayrimlarda bosh qismining orqa tomoni va peshonada kuchsiz og‘rish kuzatiladi.
Bu paytda shu kabi insonlarga kamroq harakat qilish hamda uyda ko‘proq o‘tirish tavsiya etiladi. Bu vaqt oralig‘ida yuqoridagi omilni o‘zida sezayotgan kishilarga chekish, alkogol mahsulotlari va kofe ichish hamda jismoniy zo‘riqish tavsiya etilmaydi.
Eslatib o‘tamiz, bir hafta avval ham yurtimizda magnit bo‘ronlari uzatilgandi.







