Jahon

Rossiyalik gubernatorning uy qamog‘idagi o‘g‘li qochib ketdi

Holat Italiyada sodir bo‘lgan.

Rossiyalik gubernatorning uy qamog‘idagi o‘g‘li qochib ketdi

 

Rossiyaning Krasnoyarsk o‘lkasi gubernatori Aleksandr Ussning Italiyada qamoqqa olingan o‘g‘li Artyom Uss Milandagi uy qamog‘idan qochib ketdi. Ikki kun oldin Milan appelyatsion sudi uni AQSHga ekstraditsiya qilish bo‘yicha hukm chiqargandi. 

 

Italiya OAVga ko‘ra, 22 mart kuni 40 yoshli Uss elektron brasletni sindirgan va kvartirasini tark etgan. Hozirda uni politsiya qidirmoqda. Qochoqning italiyalik advokati Vinisio Nardo xabarlarga izoh berishdan bosh tortgan.

 

Artyom Uss 2022 yil oktyabrida AQSH so‘rovi bilan Milan aeroportida qo‘lga olingandi. Qo‘shma Shtatlar uni Amerika harbiy texnologiyalarining noqonuniy savdosi va pul yuvishda ayblamoqda. Uss ishi doirasida Germaniyada rossiyalik tadbirkor Yuriy Orexov va yana 3 nafar shaxs qo‘lga olingan.

 

Italiya sudi AQSHning 2 daʼvolarini to‘g‘ri deb topdi: gubernatorning o‘g‘li Venesuela neftini kontrabanda qilish va bank firibgarligida gumonlangan. Rossiya ham Ussni ekstraditsiya qilishni so‘ragan. Moskva sudi uni sirtdan qamoqqa olish bo‘yicha hukm chiqargan. Tadbirkor vatanida ham pul yuvishda ayblangan

 

Artyom Ussning o‘zi italiyaliklardan vataniga qaytarishni so‘ragan. U AQSH ayblovlarini siyosiy sabablar bilan bog‘lab, aybini tan olmagan.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

U suvni “zaryadlash”, tomoshabinlarga turli “ustanovka”lar berish va gipnoz seanslari o‘tkazishi bilan tanilgan.

Kaspiydagi fojia: Toqayev uch nafar yuqori lavozimli harbiy ishdan bo'shatdi

Kaspiydagi fojia: Toqayev uch nafar yuqori lavozimli harbiy ishdan bo'shatdi

Ular orasida Qozog‘iston harbiy-dengiz kuchlari bosh qo‘mondoni ham bor.

Rossiyalik gubernatorning uy qamog‘idagi o‘g‘li qochib ketdi | Zamon.uz