O'zbekiston

Bo‘kada fuqaroni sarson qilgan masʼullar ishdan olindi

Ular birinchi guruh nogironi bo‘lgan fuqaroning murojaatini eʼtiborsiz qoldirib, uni yolg‘on vaʼdalar bilan aldab kelishgan.

Bo‘kada fuqaroni sarson qilgan masʼullar ishdan olindi

 

Toshkent viloyatining Bo‘ka tumanida murojaatchi bilan ishlashda yuzaga kelgan boshboshdoqlik sabab uch nafar masʼul ishdan olindi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

 

Kecha, 25 mart kuni Nurafshon shahrida Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev shoshilinch yig‘ilish o‘tkazgan. Unda Bo‘ka tumani «Yangibog‘» MFYda istiqomat qiluvchi fuqaro Muzaffar Haydarovning murojaati nima sababdan sansolarlikka uchragani tegishli mutasaddilar ishtirokida muhokama qilingan.

 

Maʼlum bo‘lishicha, birinchi guruh nogironi bo‘lgan fuqaroning murojaati Bo‘ka tumanidagi ayrim mansabdorlar tomonidan eʼtiborsiz qoldirilgan. Xususan, “Dehqon xo‘jaliklari tashkil etishni qo‘llab-quvvatlash orqali aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori talablariga rioya qilinmagan, auksion orqali olingan yer o‘z vaqtida ajratib berilmagan va sansolarlikka yo‘l qo‘yilgan.

 

Bo‘ka tumani hokimligining umumiy bo‘limi mudiri o‘zini viloyat hokimining yordamchisi, deb tanishtirgan hamda murojaatchini yolg‘on vaʼdalar bilan bir necha marta aldab kelgan. Mahallada faoliyat olib borayotgan hokim yordamchisi vaziyatni yumshatish, fuqaroga yordam berish o‘rniga shu paytgacha aldab kelgan. Shu tariqa auksionda yutib olingan yerga bahorgi ekin ekish, yerni tayyorlash kechikmoqda. 

 

Vaziyat bo‘yicha masʼullarga tegishincha jazo choralari qo‘llanib, 3 nafar mansabdor egallab turgan lavozimidan ozod qilingan va bir kishiga hayfsan berilgan.

 

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

«Centrum Air» yo‘lovchilarining 100 ga yaqin bagaji Istanbulda qoldirib ketildi.

Bo‘kada fuqaroni sarson qilgan masʼullar ishdan olindi | Zamon.uz