O'zbekiston

“Saratonni to‘liq davolaydigan dori mavjud emas”

SSV O‘zbekistonda saratonni 99 foizgacha davolovchi preparat yaratilgani haqidagi xabarlarni rad etdi.

“Saratonni to‘liq davolaydigan dori mavjud emas”

 

Avvalroq o‘zbek olimlari saratonni 99 foizgacha davolash imkonini beruvchi yangi preparat ishlab chiqqani haqida xabar eʼlon qilingandi. Sog‘liqni saqlash vazirligi bu bo‘yicha izoh berib, tarqalgan maʼlumotlarni rad etdi.

 

Qayd etilishicha, xabarlarda 2022 yilning iyun oyida O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tkazilib, ishlab chiqarishga tatbiq etilgan yangi radiofarmatsevtik vektorli terapiya vositasi haqida so‘z boradi.

 

Ushbu preparat tarkibi “lyutetsiy-177” radioizotopi va unga biriktirilgan prostata spetsifik membranali “antigen-617” oqsil moddasidan iborat ekani aytilgan.

 

Maʼlum bo‘lishicha, bu dori vositasi radiofarmpreparat sifatida AQSH, Yevropa va Osiyo davlatlarida faqatgina prostata bezi va neyroendokrin o‘smalar diagnostikasi va muolajasida qo‘llanadi.

 

“Xorijiy tajribaga asoslangan holda shuni aytish mumkinki, ushbu vosita prostata bezi saratonining 4-bosqichida suyakda metastazlanish jarayonidagina ishlatiladi. Bu preparat vaqtinchalik vosita hisoblanadi va bemorlarning hayotini uzaytirishga imkoniyat yaratadi”, – deydi Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi bosh shifokori, tibbiyot fanlari doktori Doniyor Nishonov.

 

Taʼkidlanishicha, preparat shu kungacha mamlakatdagi bitta tibbiyot muassasasida faqat 3 nafar bemorda qo‘llanilgan hamda mutaxassislar fikriga ko‘ra, xasta insonlarda o‘sma o‘choqlari (metastazlar) va ularni bezovta qilayotgan og‘riqlar sezilarli darajada kamaygan.

 

Shu bilan birga, har qanday yangi dori vositasi amaliyotda foydalanilishidan toki samarasi tasdiqlanishiga qadar turli izlanishlar, o‘rganishlar olib borilishi va samaradorligi to‘g‘risida tegishli xulosalar qilinishi uchun uzoq vaqt talab etiladi.

 

“Afsuski, dunyoda barcha saraton kasalliklarini to‘liq davolay oladigan universal dori vositasi hozircha mavjud emas.

 

Shundan kelib chiqib, ommaviy axborot vositalaridan insonlar hayoti bilan bog‘liq bu kabi muhim yangiliklarni jamoatchilikka yetkazishda eʼtiborli bo‘lishlarini so‘rab qolamiz”, – deyiladi xabarda.

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

“Saratonni to‘liq davolaydigan dori mavjud emas” | Zamon.uz