Tayvan o‘ringa Xitoy
Gonduras Tayvan bilan aloqani uzib, Xitoy bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatdi.

Xitoy va Gonduras diplomatik munosabatlar o‘rnatdi. Bu haqda 26 mart kuni Xitoy tashqi ishlar vazirligi maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, mamlakatlar Xitoy Xalq Respublikasi va Gonduras Respublikasi o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatish to‘g‘risidagi qo‘shma kommyunikeni imzolagan.
“Ikki davlat hukumatlari kommyunike imzolangan kundan boshlab bir-birini tan olish va elchilar darajasida diplomatik munosabatlar o‘rnatish to‘g‘risida qaror qabul qilishdi”, — deyiladi xabarda.
Hujjatda aytilishicha, Gonduras hukumati Tayvan bilan diplomatik munosabatlarni uzishga va “Yagona Xitoy” tamoyilini tan olish va unga rioya qilishga qaror qilgan.
Avvalroq Gonduras TIV mamlakat Xitoy o‘z hududi deb hisoblaydigan o‘zini-o‘zi boshqaradigan orol bilan diplomatik aloqalarni uzayotganini maʼlum qilgandi.
Bunga javoban Tayvan maʼmuriyati Tegusigalpadagi diplomatik vakolatxonani yopadi.








