O'zbekiston

Zangiotada “ozdiruvchi dori” sifatida sotilayotgan psixotrop vositalar aniqlandi

Tarkibida kuchli taʼsir etuvchi moddalar bo‘lgan mazkur dorilar qozog‘istonlik fuqaro tomonidan yetkazib berilgan.

Zangiotada “ozdiruvchi dori” sifatida sotilayotgan psixotrop vositalar aniqlandi

 

Toshkent viloyatining Zangiota tumanida 20 xilga yaqin turli nom va ko‘rinishdagi jami 108 ming 696 dona tarkibida kuchli taʼsir qiluvchi modda yoki ularning analoglari bo‘lgan dorilarning muomalaga kiritilishining oldi olindi. Bu haqda viloyat IIBB axborot xizmati xabar berdi.

 

Maʼlum qilinishicha, 1989 yilda tug‘ilgan fuqaro G.D.ning yashash xonadoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilgan. Natijada uy ichi va hovlidagi avtomashinada qora bozordagi narxi 200 mln so‘mga teng bo‘lgan 15 xil nom va ko‘rinishdagi 36 ming 696 dona kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari sotish maqsadida saqlab kelinayotgani aniqlanib, dorilar daliliy ashyo sifatida olindi.

 

Shundan so‘ng tezkor tadbir davom ettirilib, bu ayolga dori vositalarini yetkazib berayotgan taʼminotchi ham O‘zbekiston hududiga “tovar” bilan kirgan vaqtida IIBB xodimlari tomonidan qo‘lga olindi.

 

Aniqlanishicha, 1989 yilda tug‘ilgan E.O‘. (Qozog‘iston Respublikasi fuqarosi) 2 ming quti yoki 72 ming dona tarkibida kuchli taʼsir qiluvchi modda bo‘lgan dorilarni yashirin ravishda davlat chegarasidan olib o‘tgan.

 

Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-moddasi (kuchli taʼsir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

 

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Zangiotada “ozdiruvchi dori” sifatida sotilayotgan psixotrop vositalar aniqlandi | Zamon.uz