Sud yonida “Malibu-2” daraxtga osilib qoldi
Jinoyat ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tuman sudi qarshisida YTH sodir bo‘ldi.

Maʼlum qilinishicha, 2023 yilning 26 mart kuni soat taxminan 21:00 larda Shota Rustaveli ko‘chasi Jinoyat ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tuman sudi qarshisida 2002 yilda tug‘ilgan A.Sh boshqaruvidagi 01 M 888 JB davlat raqamli belgili “Malibu-2” rusumli avtomashinasini boshqarib kelayotib rul boshqaruvini yo‘qotib, yo‘l chetidagi to‘siqqa urilishi natijasida, yo‘l transport hodisasi sodir bo‘lgan. Bu haqda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi Matbuot xizmati xabar berdi.
“Malibu-2” rusumli avtomashina yo‘lovchisi 2006 yilda tug‘ilgan A.A.ga shifokorlar tomonidan birinchi yordam ko‘rsatilgan.
Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB masʼul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.







