Toshkentda o‘smirlar futbol maydoni talashib janjallashdi
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB tekshiruv o‘tkazdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda bir nechta fuqaro o‘zaro janjallashganligi aks etgan video tarqalib, turli muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB tekshiruv o‘tkazdi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 26 mart kuni taxminan soat 22.30 larda Yangihayot tumani, Yangihayot 10-hududdagi mini futbol stadionida, futbol o‘ynash uchun kelgan voyaga yetmagan bolalar futbol maydonini talashib o‘zaro og‘zaki janjallashgan. Janjalni ko‘rgan ota-onalar farzandlarini chaqirib uyiga olib kirib ketgan. Og‘zaki janjal natijasida fuqarolar tan jarohati olmagan.
Xabarda qo‘shimcha qilinishicha, mazkur holat yuzasidan Yangihayot tumani IIO FMB tomonidan tekshiruv o‘tkazilmoqda. Tekshiruv yakuni bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishi taʼminlanadi.







