AQSHda o‘smir qiz maktabda otishma sodir etdi
Oqibatda kamida 6 kishi halok bo‘ldi, ulardan 3 nafari — bolalar.

AQSHning Tennessi shtatidagi Neshvill shahrida xususiy boshlang‘ich xristian maktabiga qurolli hujum uyushtirildi. Hodisa oqibatida kamida 6 kishi, jumladan, 3 o‘quvchi halok bo‘ldi. Yaralanganlar ham bor.
CNN telekanali xabariga ko‘ra, hujum qilgan o‘smir qiz bo‘lib, unda kamida 2 ta miltiq va 1 ta to‘pponcha bo‘lgan. U maktab binosi ichida politsiya tomonidan otib o‘ldirilgan. Hujum sababi maʼlum emas.
Maʼlumot o‘rnida: mazkur maktabda 33 nafar o‘qituvchi ishlaydi va 200 ga yaqin bola taʼlim oladi.







